Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Ramazon oyi qachon boshlanishi ma`lum qilindi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 01.06.2016, 14:27

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1 iyun kuni Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda O`zbekiston musulmonlari idorasiga asoslangan holda Ramazon oyi 6 iyunda kirib kelishi qayd etiladi.

Qarorda 6 iyundan boshlanadigan muqaddas Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo`lgan insoniylik, ma`naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, islom dini arkonlarini e`zozlash, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga etish, odamlarni o`zaro yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo`lib yashashga da`vat qilishga qaratilgan keng ko`lamli savobli amallar va targ`ibot ishlarini tashkil etish belgilandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga «Nuroniy» jamg`armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an`ana va qadriyatlar, urf-odatlarga mos va uyg`un tarzda o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Ushbu qutlug` oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas ziyoratgohlarni obodonlashtirish bo`yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25