Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Erkin Vohidov Toshkentdagi “Chig`atoy” qabristoniga dafn etildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 01.06.2016, 14:32

Taniqli shoir, O`zbekiston qahramoni Erkin Vohidov 30 may kuni 79 yoshda vafot etdi. 

Atoqli adib 31 may kuni Toshkent shahridagi “Chig`atoy” qabristoniga dafn etildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o`zining Facebook`dagi sahifasida xabar berdi.

“O`zbek adabiyotining buyuk tog`i, buyuk shoir, buyuk ustoz Erkin Vohidov olamdan o`tdilar. Hozirgina o`zbek millatining bir buyuk farzandini ‘Chig`atoy’ qabristoniga qo`yib keldik. Janoza marosimida shoirning minglab muxlislari, do`stu-birodarlari, qavmu-qarindoshlari qatnashdilar”,—deb yozdi Muhammad Ismoil.

Muhammad Ismoilning ma`lum qilishicha,  dafn marosimida bosh vazir Shavkat Mirziyoev, Prezident devoni ishlar boshqarmasi boshlig`i Zelimxon Haydarov, Prezidentning davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O`zbekiston qahramoni Abdulla Oripovlar ham ishtirok etgan.

Avvalroq, O`zbekiston hukumati Erkin Vohidovning o`limi munosabati bialn ta`ziya bildirgani haqida xabar bergan edik.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25