Tayvanlik qizning g`ayrioddiy barmoqlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi(Foto)

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 02.06.2016, 12:14

Tayvanlik qiz bir qaraganda qo`l barmoqlarini eslatuvchi oyoq barmoqlari aks ettirilgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Qizning postiga Daily Mail nashri e`tibor qaratgan.

Ismi-sharifini oshkor qilmagan qiz Tayvan universitetining talabalaridan biri ekanligini ma`lum qilgan. Oyoq barmoqlari xuddi qo`l barmoqlari kabi uzunligini, bu borada unga hech kim teng kelolmasligini isbotlash maqsadida suratni ijtimoiy tarmoqqa joylaganligini bildirgan.

Qizning bo`yi bor-yo`g`i 151 santimetr bo`lsa ham, oyog`idagi barmoqlarning eng uzuni 5 santimetrni tashkil etadi.

Talaba qizning aytishicha, bunday uzun barmoqlar atrofdagilarning diqqatini jalb qilib, turli hazil-mazaxlarga sabab bo`lgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizning ko`nglini ko`tarib, oyoq barmoqlari juda chiroyli ekanligini, avvaliga haqiqatan ham uni qo`l barmoqlaridan ajrata olmaganliklari haqida izoh yozib qoldirishgan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27