Qashqadaryoda motosikl o`g`rilari qo`lga tushdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 02.06.2016, 16:32

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIB navbatchilik qismiga shu shaharda yashovchi fuqaroning Paxtazor mikrorayoni oldidagi avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgan "YaVA-350" rusumli motosiklini noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilar, Qarshi shahrida yashovchilar 30 va 23 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi va qo`lga olindi. 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08