“Hamkorbank”dan xorijiy valyuta operasiyalariga qo`yilgan cheklov olib tashlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 06.06.2016, 10:46

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Hamkorbank”dan avval joriy etgan yuridik shaxslar bilan xorijiy valyuta operasiyalarni amalga oshirishga qo`ygan cheklovni olib tashlaganini ma`lum qildi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy sayti xabar bermoqda.

Markaziy bank fevral oyida olti oy muddatga “Hamkorbank”ning yuridik shaxslar bilan xorijiy valyuta operasiyalarini amalga oshirish huquqini to`xtatgan edi. Cheklov mazkur muddatdan avvalroq bekor qilindi.

“Hamkorbank” 1991 yilda Andijonda “Andijonbank” sifatida faoliyatini boshlagan. 2000 yilda esa ayni damdagi nomga ega bo`lgan. Bugungi kunda butun respublikada filiallar tarmog`iga ega.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии