Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Aktyor va musiqachi Jek Blekning o`limi haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Aktyor
Добавлено: 06.06.2016, 16:40

OAVning xabar berishicha, ilgari ham aktyor haqida bir necha marotaba bunday mish-mishlar tarqalgan edi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri. 

5 iyun kuni amerikalik aktyor va musiqachi Jek Blek vafot etgani haqida Kaliforniyaning satirik Tenacious D rok guruhi tomonidan tarqatilgan xabar yolg`on bo`lib chiqdi. 46 yoshli mashhur aktyor ilgari ham bunday hazillar qurboni bo`lgan.

“Xavotirlanmang, afsonaviy Jek Blek tirik, bu shunchaki hazil edi”, deyilgan Twitter guruhidagi xabarda.

Tenacious D guruhi 1994 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning tarkibida aktyor, musiqachi Kayl Gess va ikki marotaba “Oltin globus”ni qo`lga kiritgan Jek Blek bor. Ular “kulgili rok” uslubidan foydalanishadi. 2015 yilda bu guruh “Gremmi” mukofotini qo`lga kiritgan. Bir nechta xalqaro musiqa festivallarida, shu jumladan Germaniyada o`tkazilgan Rock am Ring festivalida ham ishtirok etgan.   

Aktyor Jek Blek “Rok maktabi” (School of Rock, 2003), “King-Kong” (King Kong, 2005), “Gulliverning sayohatlari” (Gulliver's Travels, 2010), “Berni” (Bernie, 2011) va boshqa filmlardagi rollari bilan mashhurdir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25