Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Yunusobod tumanida yo`qolgan qiz sog`-salomat holda topildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 07.06.2016, 10:18

3 iyun kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida 16 yoshli o`quvchi qiz yo`qolib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Qizning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ham chop etilib, uni izlash ishlari keng ko`lamda olib borildi.

“Novosti Uzbekistana” nashrining ma`lum qilishicha, Nigora ismli o`quvchi qiz topilgan.

Nigora o`qigan 302-maktab o`qituvchilari, ichki ishlar xodimlar, ko`ngillilar, qizning ota-onasi uni Yunusobod tumanidan qidirishdi, hamma joyga xabarnomalar ilindi. Asosiy qidiruv ishlari qizni oxirgi marta ko`rishgan Universam atrofida o`tkazildi. Ammo Nigora umuman boshqa joydan topildi. Otasining aytishicha, butun shahar oyoqqa turib, Nigorani qidirayotgan paytda, u sog`-salomat, Hasanboydagi dugonasining uyida o`tirgan.

O`sha kuni Nigora dugonasi bilan avvaliga velosipedda uchishgan, keyin kinoteatrga yo`l olishgan. Kinodan chiqib, kafeda o`tirishgan, sayr qilishgan, qisqasi kunni juda ko`ngilli o`tkazishgan. Nigora soatga qaraganda tungi 10 bo`lgan. Dugonasi unga “Kech bo`ldi, uyga borsang, ota-onang urishadi, yaxshisi menikida qol, ertalab ketasan”, deydi. Ertalab esa Nigorani qidirishayotganligi ma`lum bo`lgan. Ikki dugona qo`rqib ketganidan yashirinishga qaror qilib, qo`l telefonlarini o`chirib qo`yishadi.

– Boshimga kulfat tushganda shahrimizda begona odamga ham yordam qo`lini cho`zadigan rahmdil, yaxshi insonlar ko`pligini angladim, – deydi Nigoraning otasi, – Ularga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman... Qizimni qidirishda yordam bergan barchaga oilamiz nomidan katta rahmat aytaman.

Yaxshiyamki, hammasi ijobiy yakun topdi, kechqurun Nigora sog`-salomat uyiga qaytdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA