Yangiyo`lda mudhish YTH sodir bo`ldi(Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto
Добавлено: 07.06.2016, 11:50

Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumani hududidan o`tuvchi magistral yo`lda mudhish yo`l-transport hodisasi yuz berdi. 

Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi. Xabarga ilova qilingan suratlarda yo`l chetiga ag`darilib ketgan Nexia avtomobilining olov ichida qolib ketganini ko`rish mumkin. YTHning boshqa ishtirokchilari esa suratlarda ko`rinmagan.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar bo`lishi mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqqa YTH haqidagi ma`lumotni joylagan internet foydalanuvchisi jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirmagan. 

“Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari yo`l-transport hodisasi avtomobilni katta tezlik bilan boshqarish oqibatida yuzaga kelganini taxmin qilmoqda. Aksariyat foydalanuvchilar Nexia`ga o`rnatilgan gaz balloni portlashi natijasida avtomobilning yonib ketgan bo`lishi mumkinligini ham ta`kidlamoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии