Iker Kasilyasning o`ziga bo`lgan ishonchi yo`qoldi

Бўлимлар: Futbol
Теглар:
Добавлено: 07.06.2016, 13:14

Ispaniya terma jamoasi hamda “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas Fransiyada bo`lib o`tadigan Evro-2016 turnirining asosiy tarkibidan joy olishiga ishonchi komil emasligini bildirdi. 

Tajribali posbonning asosiy tarkib uchun eng asosiy raqobatchisi “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea hisoblanadi. 

“Evropa chempionatida asosiy tarkibdan joy olishimga ishonchim komil emas. Men murabbiyning rejalari haqida hech narsa bilmayman. Terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar maydonga tushishni istaydi. Meni 40 ga yaqin kamera kuzatib bormoqda”, – dedi Kasilyas.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии