Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Aktrisa Shahzoda Muhammedova: “Mening ishxonam hayvonot bog`i emas”

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:

Aktrisa Shahzoda Muhammedova Instagram foydalanuvchilaridan qattiq xafa bo`ldi. Mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Shahzodani “yulduzlik kasali”ga chalinganlikda aybladi. Aktrisa esa bunday ayblovlarga nisbatan quyidagicha javob qaytardi:

“Hurmatli mijozlar shaxsiy adovatingizni Instagram saytiga yozib negativ fikrlaringiz bilan  follower`larimga mani yomon ko`rsataman yoki alamimdan chiqaman deb o`ylamang.Bugun kelgan mijozlardan atigi bittasini oldiga chiqa olmadim. Chunki eskizlar chizib, liboslarni tikib boshqa mijozga o`z vaqtiga ulgurib bitirish bilan band edim. Men faqat butikda mijoz qabul qilib o`tiraversam, ateledagi ish bilan kim shug`ullanadi? Kim tikadi? To`g`ri, ishchilarim juda ko`p lekin man ishchilarim bilan baravar ishlayman.Mijoz oldiga esa adminstratorim chiqib band ekanimni aytib uzr so`radi degani bu ‘yulduzlik kasali’ga uchradi, deganimas. Mijozlarni kutib olishim ularga eskiz chizib vaqt ajratishim chun qo`ng`iroq qilib vaqtini yozdirib qo`ying, iltimos. To`satdan kelgan insonni qabul qilishga ulgurmayapman. Ming bor uzr so`rayman mening jonim bitta sizlar esa ko`p. Imkon qadar hammaga xizmat ko`rsatishga harakat qilaman. Lekin hamma joylarda g`iybat qilib, qarg`ab,chiqsa bo`lardi chiqsa o`ladimi, deb iflos gaplar qilib yozishdan avval mani o`rnimga o`zingizni qo`yib ko`rib, aybni o`zingizdan ham qidiring, iltimos. Meni ishxonam hayvonot bog`i emas, hayvon tomosha qilishga kelinadigan.To`g`ri, men aktrisadirman,to`g`ri san`atkor tomosha qilish uchun yaratilgandur....shuni unutmang men ham insonman muzeydagi eksponat yoki hayvonot bog`idagi hayvon emas!!! ..Lekin men ishxonamga kelgan vaqtimda butkul unutaman aktrisa ekanimni. Modele-dizayner bo`lib yashayman ish vaqtida. Agar mendan ayb o`tgan bo`lsa, uzr! Men oddiy qizman el qatori...”

Ma`lumot uchun, aktrisa yaqinda o`z ismi bilan ataladigan butik-atele ochgan edi. Mazkur butik-ateleda tayyor liboslar, aksessuarlar sotib olish va kiyim tiktirish mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии