Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Terrorchilar Tel-Aviv markazini o`qqa tutdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Isroilning Tel-aviv shahri markazida bo`lgan otishma oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, 9 kishi yaralangan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea Isroil mudofaa vazirligi va bosh shtabi binosi qarshisidagi oziq-ovqat bozori hududida bo`lgan. Bu joy sayyohlar va mahalliy aholi o`rtasida ko`plab kafe va restoranlari bilan mashhurdir.

Jabrlanganlarning birining ahvoli juda og`ir.  

Nashrning xabar bershicha, bir terrorchi ushlash jarayonida otib o`ldirilgan. Polisiyaning ma`lumot berishicha, hujum uyushtirgan terrorchilar dindor yahudiylarga o`xshab kiyinib olgan. Ayni paytda voqea joyi polisiyachilar tomonidan o`rab olingan va terakt deb tan olingan.

2015 yilning oktyabr oyida falastinliklarning isroilliklarga uyushtirgan hujumidan keyin tinchlik hukmron edi. Shundan beri bu ilk hujum hisoblanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии