Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Toshkentda yo`lovchi avtobusning ustunga borib urilishi oqibatida 15 kishi jabrlandi(Foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Avto, YTH
Добавлено: 09.06.2016, 10:37

Toshkent shahrining Beshqayrag`och mavzesida 53-sonli avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi. 

YTH haqidagi xabarga ilova qilingan suratlarda Mersedes Benz rusumli avtobusning yo`l chetidagi ustunga borib urilgani aks etgan. Kuchli zarbdan avtobusning old qismiga jiddiy zarar etgan. Guruhga YTH suratlarini joylagan internet foydalanuvchisi “Ustun avtobus salonining yarmigacha kirib ketishi uchun, u qanday tezlikda kelayotgan bo`lishi kerak?” deb yozib qoldirdi.

Hodisa guvohlaridan birining aytishicha, yo`l-transport hodisasi avtobus haydovchisining qon bosimi ko`tarilib ketganligi sabab sodir bo`lgan. YTH oqibatida 15 kishi jabrlangan, ularning barchasi shifoxonaga olib ketilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes