Ruslan Sharipovning onasi: "Inson boshiga tushgan barcha narsaga o`zi sababchi bo`ladi" (Eksklyuziv)

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 11.06.2016, 12:31

Shu kunlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, kuchli iqtidor sohibi, bugungacha ham xit bo`lib kelayotgan taronalar muallifi Ruslan Sharipovning suratlari internetlarda keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Internet nashrlarda chop etilgan mazkur suratlar butun san`at olamini “oyoqqa turgizdi” desak mubolag`a bo`lmaydi. San`atkorlarning mazkur suratlarga nisbatan qoldirgan izohlaridan Ruslan Sharipovning uyi shu kunlarda ularning tashrifidan tinmayotgan bo`lsa ajabmas, degan xulosaga ham kelgandik, ammo...

Ushbu fikr va mulohazalar internetni junbushga keltirganini inobatga olgan holda “Darakchi.uz” hamda “Darakchi” gazetasi ijodkorlari Ruslan Sharipovning xonadoni tomon yo`l oldi.

Tashrifimiz davomida afsuski o`zbek estradasining tirik afsonasi bo`lgan Ruslan Sharipovning o`zini uchratmadik. U shahar jaziramasidan qochib, toqqa dam olishgan ketgan ekan. Bizning uning onasi Lola opa iliq kutib oldilar.

—Aytingchi bugungi kunda Ruslan Sharipov nimalar bilan band?

—Hozir toqqa ketgan, umuman olganda esa hech narsa bilan band emas.

O`z vaqtida o`zbek estradasining cho`qqilarini zabt etgan Ruslan Sharipovning hayotida nima bo`ldiki, u hammasidan voz kechib, bugungi ahvolga tushdi?

—Oilaviy sabablar ham bo`ldi... Lekin barbir inson taqdiri uchun o`zi mas`ul bo`lishi kerak, shu sababdan hammasiga barbir o`zi aybdor deb o`ylayman.

Qanday oilaviy sabablar uni hamma narsadan voz kechishiga olib keldi?

—Ruslan turmush o`rtog`ini juda qattiq sevardi, hozir ham sevadi... Uning yaxshi yashashi uchun hamma sharoitlarni yaratib berdi. Qo`sha-qo`sha mashinalar, uy yumushlarini bajaradigan xizmatchilardan tortib, bolalariga qaraydigan enagagacha yolladi. Hayotini turmush sharoitini doim yaxshilashga harakat qilib yurardi. Kunlarning birida xotini Ruslanga boshqasini sevib qolganini va unga turmushga chiqishini aytdi. Nazarimda, Ruslanda hayotga bo`lgan juda katta qiziqish va ishtiyoq o`sha onda so`ndi.

—Uning atrofidagi do`stlari u bilan birga bo`lishmadimi, uni qaytarishga urunishmadimi?

—Estrada olamida hech kim bir-biriga chindan do`st emas nazarimda, bu erda hammasi pulga bog`liq. Bugun yulduzlik darajasiga etgan qanchasini o`z vaqtida shu darajaga etishiga sababchi bo`lgan, ammo ularning ba`zilari uning tushkunlik holatidan foydalangan vaziyatlari ham bo`ldi.

O`g`lingizning tarqalgan suratlarini ko`rdingizmi?

— Yo`q, agar bo`lsa ko`rsating.

Suratlarga nazar solgach...

—Ha, bugun u mana shunday insonga aylangan.

Ushbu suratlar butun xalq va san`at ahlini larzaga soldi. Otasi qanday inson bo`lgan?

—U ham o`z sohasini juda iste`dodli sohibi bo`lgan. Biroq u ham juda ko`ngli bo`sh odam edi. Ruslan ham juda ko`ngli bo`sh inson, boshiga tushgan barcha narsaga ham uning mana shu harakteri sabab. Kuchli emas, hayot sinovlariga taslim bo`ladigan, kurashuvchanlik qobiliyati yo`q inson.

—Uning suratlarini ko`rib, aksariyat san`atkorlar bosh ko`tardi, ulardan birortasi keldimi?

—Hech kim kelmadi. U ishlagan biror hamkasbi na Izzat Ibrohimov, na Rashid Xolikov va na Toxir Sodiqov, birortasi kelmadi.

Bugun u ishlamayotgan bo`lsa yashash uchun pulni qaerdan olyapti?

—Uyini sotgan. Hozir men bilan yashayapti.

—O`rtangizda ona va o`g`il munosabatlari qanday?

—Meni yaxshi ko`radi, ba`zida oldimga kelib oyoqlarimga bosh egib yig`laydi. Hayotimdagi hamma narsadan aziz insonimsan deydi.

U hamma narsasini yo`qotayotganini hayoti tubanlikka tushib borayotganini anglayaptimi?

—Ehtimol, lekin bildirmaydi. U agar istasam ertagayoq avvalgidan-da zo`r bo`lib ketishim mumkin, deydi.

—Uni ichkilib balosidan davolash haqida o`ylab ko`rmadinglarmi?

—U menga hech qanday davolash kerakmas. Istasam men o`zim hamma narsani uddasidan chiqa olaman. Men uchun asosiysi u sog` bo`lgani va ichmagani. Boshqa narsa kerakmas menga. Albatta hozir uni davolash niyatidaman va uni avvalgi holiga qaytishiga ishonaman.

So`ngso`z o`rnida...

Barbir yana shu gapni takrorlayman, u o`zini shu holga keltirdi. Inson kurashuvchan bo`lishi kerak. Kimdandir dalda yoki yordam kutib yashash noto`g`ri. Shu holga kelishiga faqat va faqat insonning o`zi aybdor bo`ladi. Senga yordam berishmasa, sendan yuz o`girishsa, o`zingni shu holga olib kelishing kerak degani emasku... Irodali bo`lishi kerak inson, bu hayotda faqat kuchlilargina g`olib bo`ladi!

O`g`lim undan intervyu olmoqchiliklarni ko`rib, juda hursand bo`ldi. “Meni hali ham unutishmabdi”, dedi. Balki hozir o`g`lim u haqida hamma qayg`urayotganini, uni san`atga qaytishini istashayotganini ko`rsa, uni avvalgi hayotiga qaytishiga yana bir bor umid uyg`onar...

Lola opa bilan suxbatimiz uzoq davom etdi...

Laylo RUSTAMOVA suxbatlashdi

 

Ruslan Sharipovning o`zi tarqalgan suratlariga qanday fikrda? U oldida qanday rejalari bor? Uning bolalik hotiralari, san`atga kirib kelishi, farzandlari va intervyuning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 16 iyun kuni sotuvga chiqadigan 24-sonida batafsil o`qishingiz mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии