Meksikada avtobus yo`lovchilari talonchini urib o`ldirishdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 13.06.2016, 10:22

Meksikada uch erkak avtobus yo`lovchilarini tunamoqchi bo`lishdi, ammo ular omadsizlikka uchradi, ularning ikkitasi halok bo`ldi, biri esa qo`lga olindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Voqea 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.00 da yuz bergan. Pachuka shahridan Mexiko tomon yo`l olgan yo`lovchilarga to`la avtobusni uch bosqinchi erkak to`xtatib, yo`lovchilardan pullarini, qimmatbaho buyumlarini topshirishni talab qilgan. Jinoyatchilardan biri yo`lovchilarni qo`rqitish maqsadida tepaga qarab o`q uzgan, ammo o`q avtobus tomiga urilib, qaytib jinoyatchilardan biriga tekkan va u voqea joyida halok bo`lgan. Shundan keyin avtobusda o`tirgan 30 ga yaqin yo`lovchi o`q uzgan jinoyatchiga tashlanib, kaltaklab o`ldirishgan. Uchinchi jinoyatchi ham tan jarohati olgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar tirik qolgan jinoyatchini qo`lga olishgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии