Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Yangierda ekskvatorlarni ta`mirlash zavodi quriladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:

2017 yilda Yangierdagi (Sirdaryo viloyati) «O`zbekiston temir yo`llari» AJ teplovoz deposi bazasida ekskvatorlar va gusenisali texnikalarni ta`mirlash bo`yicha zavod bunyod etiladi. Bu O`zbekiston Prezidentining 3 iyundagi qarorida ko`zda tutilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Loyihaning yakuniy qiymati 29 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Moliyalash manbasi — «O`zbekiston temir yo`llari»ning shaxsiy mablag`lari.

Qarorda qayd etilishicha, ekskvatorlar va gusenisali texnikalarni ta`mirlash hamda ular parkini qayta tiklash uchun zamonaviy ishlab chiqarish bazasini tashkil etish texnikalardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram