GM Uzbekistan avtomobillarini yutib olish aksiyasi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.06.2016, 14:38

Facebook ijtimoiy tarmog`ida GM Uzbekistan kompaniyasi go`yoki O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan aksiya o`tkazayotgani haqida ma`lumotlar paydo bo`lgan edi.

Mazkur aksiyada Facebook foydalanuvchilariga Captiva, Malibu, Lacetti, Nexia avtomobillarini yutib olish taklif qilinayotgandi. 

GM Uzbekistan’ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida mazkur aksiyaning yolg`on ekanligi haqida bayonot berildi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda

“Qadrli Feysbuk ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari, shuni ma`lum qilamizki, bizning barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz, biz tomondan o`tkaziladigan aksiyalar va boshqa tadbirlar faqat bizning rasmiy www.uzautosanoat.uz  hamda www.chevrolet.uz saytlarimizda, shuningdek, Feysbukdagi rasmiy sahifamizda e`lon qilinadi”, - deyiladi bayonotda.

Bunga qadar minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir necha kun ichida avtomobil yutuqli mazkur aksiya haqidagi postlarni ulashib keldi. Unda tashkilotchilar foydalanuvchilarga Malibu, Lacetti, Captiva, Nexia avtomobillarini “like” va “share” evaziga “yutib olish”ni taklif qilishgandi. Masalan, Captiva avtomobilini yutib olish uchun 27 mingdan ziyod layklar to`plandi va 30 ming marta bo`lishildi.

Bugun GM Uzbekistan`ning bayonotidan so`ng, Captiva o`ynalgan sahifada “Kaptiva yo`q. Lekin siz bo`sh kelmang. Barchaga yaxshi kayfiyat”, degan yozuvli surat paydo bo`ldi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27