Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Soat 6 da uyg`onish uchun 6 sabab

Бўлимлар: Lady
Теглар:

Odamlar omadning kelishini erta tongda uyg`onish bilan bog`lashadi. Soat 6 da uyg`onish inson hayotini o`zgartiradi. “Adme.ru” nashri esa sizni soat 6 da uyg`onish uchun zarur bo`ladigan 6 sabab bilan tanishtiradi

1. Diqqatingizni jamlash uchun vaqt bo`ladi

Aksariyat odamlar diqqatini jamlay olmagani uchun oldiga qo`ygan maqsadiga etolmaydi. Erta tongda uyg`onsangiz, kun davomida birinchi navbatda qaysi ishni bajarish lozimligini o`ylashga vaqtingiz bo`ladi. Kunning birinchi yarmida inson miyasi yaxshi ishlaydi. Bu vaqtni his-tuyg`ularingizni emas, hayotingizni nazorat qilish uchun sarflang. 

2. Kunni qanday o`tkazish haqida reja tuzishga vaqt topiladi

Erta turadigan odam ishga borishdan oldin qiladigan ishlarini rejalashtirib olishga vaqt topadi. Reja qanchalik erta tuzilsa, vaqtingiz bekor ketmay, kuningiz unumli o`tadi. Ertangi kun rejalarini kechqurun tuzmoqchi bo`lsangiz, charchagan miya reja tuzishni emas, faqat dam olishni istaydi.

3. Tong — o`z ustingizda ishlash uchun eng qulay paytdir

Kim sizga “Ko`zing ochilgandan ishxonangga yugur!” deydi. Ko`pchilik odamlar doimo oilasiga, qiziqishlariga, sportzalga borishga vaqt topa olmayotganidan noliydi. Agar soat 6 da uyg`onadigan bo`lsangiz, ish vaqtingiz boshlangunga qadar bir necha soat vaqtingiz bo`ladi. Bu vaqtda sportzalga borishingiz mumkin. Erta tongda jismoniy mashq qilsangiz, organizmingiz endorfin gormonlarini ishlab chiqadi. Endorfin gormoni insonga xushkayfiyat bag`ishlaydi, kuni bilan bardam va tetik yurishingizga sabab bo`ladi.

4. Nonushta qilishga vaqt topiladi

Bir umr nonushta qilish kundalik ovqatlanishdagi eng muhim jarayon ekanligini eshitib kelgansiz, ammo kech uyg`onganingizdan ertalab, och-nahor ishga jo`nagansiz. Agar erta uyg`onsangiz, albatta nonushta qilishga ulgurasiz. Bu esa sog`lik uchun ham foydalidir. Manzilga etkazish uchun mashinangizga yoqilg`i kerak bo`lsa, sog`ligingiz uchun organizmingizga ayniqsa ertalab ovqat kerak.   

5. Muvaffaqiyatga erishgan barcha odamlar shunday yo`l tutadi

New York Magazine nashri Twitter ning asoschisi bo`lmish Jek Dorsi haqida e`lon qilgan maqolasida uning tonggi 05:30  uyg`onishini, ishga ketgunga qadar meditasiya qilishini va 10 kilometrga yugurishini ma`lum qilgan.

Apple’ning bosh direktori Tim Kuk har kuni tonggi 04:30 da uyg`onib, hamkorlarining elektron xatlariga javob yozadi.

Virgin Group’ning asoschisi Richard Brenson ham erta uyg`onish tarafdori. Business Insider nashriga bergan intervyularidan birida u 05:45 da uyg`onib, ishga kirishishi haqida aytib o`tgan edi. U uyg`ongandan keyin biroz kompyuter oldida o`tirib, keyin nonushta qilishini bildirgan.

6. Boshqalardan ikki qadam oldinda bo`lasiz

Tadqiqotchilarning fikricha, erta uyg`onish odati ijodiy potensialning oshishiga olib keladi. Bundan tashqari boshqa raqobatchilaringiz uxlab yotganida, siz ish boshlagan bo`lasiz. Kun davomida o`zingizni qiynaydigan eng yoqimsiz muammolarni soat 08:00 gacha hal qilishga o`rganing. Bu odat sizni kun davomida asabiylashishdan, stress va xavotirlardan asraydi. Ikki yarim soat erta uyg`onish orqali 150 daqiqa vaqtdan yutasiz, bu haftasiga 17 yarim soatni, bir oyda esa 70 soatni, bir yilda 840 soatni tashkil etadi. Tanlang, sizda tanlash huquqi mavjud!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии