Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

IIV Toshkentga kirish-chiqish tartibi yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.06.2016, 20:27

Yaqinda internet nashrlarida Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari o`tishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ga a`zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti davomida  Toshkent shahriga fuqarolarning kirib chiqishi cheklanishi haqida ma`lumotlar tarqatilgan edi.

Mazkur xabar noto`g`ri va asossiz ekani ma`lum bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkentga kirish va chiqish odatdagidek tartibda davom etadi. Faqat tekshiruv tadbirlari kuchaytiriladi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,  faqat sammit o`tadigan kunlari poytaxtimizdagi ayrim ko`chalardagi qatnov vaqtincha cheklanishi nazarda tutilgan. Avtotransport vositalari qatnovidagi vaqtincha cheklovlar sanasi va vaqti haqidagi ma`lumotlar berib boriladi. Shuningdek, yo`l harakati qoidalarining buzilishi va yo`l-transport hodisalarininig sonini kamaytirish maqsadida poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB va YPX bo`linmalari hamkorligida rejali tadbirlar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes