Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

OAV: Argentina sobiq bosh vaziri monastirga 8,5 million dollarni ko`mayotganda qo`lga olindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Dollar

Argentinaning jamoat ishlari bo`yicha sobiq bosh vaziri Xose Lopes 8,5 million dollarni monastir hududiga ko`mayotganda qo`lga olingan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Buenos-Ayres polisiyasiga kechasi monastir hududida begona shaxsning yurganligi haqida anonim xabar kelib tushgach, ular voqea joyiga yo`l olishgan va pul ko`mayotgan sobiq bosh vazirni ashyoviy dalil bilan qo`lga olishgan. 

Xose Lopes polisiyachilarga pul taklif qilib, ularni pora evaziga sotib olmoqchi bo`lgan. Ammo polisiyachilar ko`nmagach, bu pullarni monastirga xayriya qilish maqsadida ko`mmoqchi bo`lganligini bildirgan. Katta miqdordagi dollar, evro, yapon yenasi va Qatar rialidan iborat pullar 160 ta xaltaga joylangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии