Javohir va oltin bilan bezatilgan avtomobil shinalari 600 ming dollarga sotildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Avto
Добавлено: 15.06.2016, 14:23

Dubayning Z Tyres kompaniyasi javohir va 999-probali oltin bilan bezatilgan Z1 ning to`rtta shinasini 600 ming dollarga sotdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Ishlab chiqaruvchining bergan ma`lumotiga ko`ra, mazkur shinalar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Undan tushgan mablag` esa rivojlangan mamlakatlarda ma`rifiy dasturlar bilan shug`ullanuvchi Zenises xayriya jamg`armasiga o`tkazilgan. Xaridorning ismi hozircha oshkor etilmagan.  

Bu komplektni yaratishda Hindistonning Joaillier Privé zargarlik firmasi va Abu-Dabidagi prezident saroyini bezagan, amirlikning oltin bilan shug`ullanuvchi zargar ustalari ishtirok etgan. Z Tyres vakillarining aytishicha, Z1 shinalaridan foydalangan haydovchilar  nafaqat uning moddiy tomoniga e`tibor berishadi, balki bunday shinalar texnik jihatdan ham mukammal ekanligini anglashadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии