Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Pokistonlik fuqaro sevgilisiga turmushga chiqmoqchi bo`lgan singlisini o`ldirdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 17.06.2016, 16:12

Pokistonlik shaxs o`z singlisini sevgan insoniga turmushga chiqish istagi uchun o`ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

“U turmushga chiqmoqchi edi. Biroq biz kelisholmay qoldik. U mening singlim edi, men uni o`ldirishni xohlamagandim. O`sha paytdan beri yig`layman”,—deydi ayblanuvchi Sohib Masih.

“Qizim bilan o`g`lim urishib qolishdi. O`g`lim singlisini tayoq bilan urdi, biroq uni o`ldirmoqchi emasdi”,—deydi ayblanuvchi va marhum qizning otasi Yusuf Masih.

Uning so`zlariga ko`ra, qiz va uning qallig`i qarindosh bo`lgan. Bu esa qizning oila a`zolarida norozilik kayfiyatini uyg`otgan. 

“Or-nomus uchun” qotillik sodir etish Pokistonda tez-tez uchrab turadi. 

2015 yilda aynan mana shu yo`sinda vafot etgan ayollar soni ming nafardan ham oshib ketgan. Mamlakat bosh vaziri Navaz Sharifning aytishicha, bunday turdagi qotilliklar er-xotinning kelishmovchiligi, yigit va qizning nikohsiz munosabatlari va qizlarning turmushga chiqishdan bosh tortishi oqibatida ro`y beradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes