Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Alibaba asoschisi internet-kompaniya yaratganini hayotining eng katta xatosi deb atadi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:

Xitoyning yirik Alibaba Group internet-kompaniyasi yaratilishi uning asoschisi Jek Ma hayotidagi eng katta xato bo`ldi. Bu haqda u Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida ma`lum qildi.

«Men uni yaratayotganimda bu kichkina biznesim bo`lishi haqida o`ylagandim. Hozir esa men har kun prezident kabi bandman», — deydi Ma.

Alibaba rahbari keyingi hayotida bunday biznes bilan shug`ullanmasligi haqida aytib o`tdi. «Men o`zimning ishlarim bilan band bo`lib, shunchaki hayotdan bahra olaman», — deydi u.

Jek Ma kompaniyaga uzoq vaqt rahbarlik qilmasligini ma`lum qildi. Ushbu lavozimni tark etgach u atrof muhitni himoya qilish ishlari bilan shug`ullanmoqchi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии