Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O`zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 20.06.2016, 11:40

Malayziyada muvaffaqiyatli ravishda modellik karerasini olib borayotgan o`zbekistonlik Daler Yusuf (Hamroqulov) HyppTv telekanalida «Lip-Lap qirolligi» serialida bosh rolni ijro etmoqda. Bu haqda My Day nashriga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

O`tgan yili Dalerga Malayziya televideniesidagi sitkomda ishtirok etish taklif etildi, shundan so`ng u mazkur serialga chaqirildi. Unda onasi vafotidan so`ng oilasini axtarib O`zbekistondan Malayziyaga yo`l olgan Adam ismli yigit haqida hikoya qilinadi.

Daler O`zbekiston, Singapur, Filippin, Indoneziya, Tailand, Malayziyada model biznesi bilan shug`ullangan, BlackBerry, Burger King va Samsung kabi brendlar reklama kampaniyalarida qatnashgan. 19 yoshida O`zbekistonni tark etgan Daler intervyularidan birida onasining urug`-aymoqlari Malayziyadan ekanligini bildirgandi.

Daler malay tilini mustaqil o`rgana boshlagan, 2015 yili esa Unisel universitetiga o`qishga kirgan. U serialda suratga tushish ishlari yakunlangach Gresiya, Santorini va Buyuk Britaniyaga yangi loyihalarda ishtirok etish uchun jo`nab ketish niyatida.

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25