ShHT sammitini yoritishda xorijiy OAVdan 200 vakil qatnashadi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 21.06.2016, 10:40

Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tadi. ShHTga O`zbekiston Respublikasining raisligi doirasida sammit oldidan keng ko`lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 

ShHT sammitini yoritishda Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston, Hindiston, Pokiston, Belarus, Eron, Mo`g`uliston va boshqa davlatlar ommaviy axborot vositalaridan ikki yuzga yaqin vakil, mamlakatimizdan qariyb ikki yuz jurnalist qatnashadi. 

ShHTning Toshkent sammitini nafaqat mazkur tashkilotga a`zo, kuzatuvchi, muloqot bo`yicha sherik hamda mehmon sifatida taklif etilgan mamlakatlar, balki boshqa ko`plab davlatlarning ommaviy axborot vositalari, nufuzli xalqaro nashrlar, axborot agentliklari, internet nashrlari va telekanallar vakillari ham yoritib borish istagini bildirgani buning dalilidir. 

Sammit doirasidagi tadbirlarni keng, sifatli va tezkor yoritish uchun “O`zekspomarkaz”da barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi. Sammit kunlari jurnalistlar ish olib boradigan ushbu markaz eng yuksak talablarga javob beradigan zamonaviy texnika – elektron namoyish stendlari, kompyuterlar, printerlar va boshqa ko`p funksiyali qurilmalar, telefon bilan jihozlangan, yuqori tezlikdagi Wi-Fi va simli tizimlar orqali Internet tarmog`iga ulanish imkoniyati yaratilgan. 

Matbuot markazida sammit arafasida va anjuman kunlari jurnalistlarning to`laqonli va samarali faoliyat ko`rsatishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии