Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Mo`g`uliston Prezidenti Toshkentga keldi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.06.2016, 11:30

Mo`g`uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o`tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O`zbekistonga tashrif buyurdi. 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi. 

ShHT sammiti O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o`tadi. Unda ShHT faoliyatini me`yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog`liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA