Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Rossiyada Kirov viloyat gubernatori restoranda 400 ming evro pora olayotganda qo`lga tushdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 25.06.2016, 11:04

Rossiyada Kirov viloyati gubernatori Nikita Belixga nisbatan RF JKning 290-moddasi 6-bandi (“Katta miqdorda pora olish”)ga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Gubernator ashyoviy dalil bilan FXX xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Taxminlarga ko`ra, Nikita Belix “Novovyatka chang`i kombinati”, “O`rmon xo`jaligini boshqarish” kompaniyalarining tadbirkorlik manfaatlarini himoya qilishi uchun vositachi orqali 400 ming evro pora olgan.

Kirov gubernatoriga 8 dan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi kutilmoqda.

Nikita Belix 2009 yilning yanvar oyidan beri Kirov viloyati gubernatori lavozimida xizmat qilib kelgan. Bungacha Perm viloyat gubernatori va “O`ng kuchlar ittifoqi” siyosiy federal kengashiga rahbarlik qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA