Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Gulbahor Erqulovaning oilasi og`ir judolikka yuz tutdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 27.06.2016, 13:02

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Erqulova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oilasidagi judolik haqida ma`lum qildi. 

Xonanda otasidan ayrildi. 

“Dunyoda aziz, mehribon otajonimga suyanib yashar edim. Ular ham Ollohni huzuriga mani tashlab ketdilar. O`zlari judayam ko`p insonlarga yaxshilik ulashgan, uyi yo`qqa uy berardilar, kim yordam so`rasa ortig`i bilan bajarar edilar, ko`p vaqtlar davlat idoralarida ishlaganlar. Hayotni yaxshi ko`rardilar.  Yurtda bo`layotgan har bir narsani o`zini darajasida fikrlab, ‘Shunday kunlarga ilohim ko`z tegmasin deb duoda edilar”,—deydi xonanda otasini xotirlab.

 
 

Gulbahor Erqulovaning padari buzrukvori 22 iyun kuni 93 yoshda olamdan o`tdi.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” jamoasi nomidan Gulbahor Erqulovaning yaqinlari va oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.11.2017, 11:32

SUG'DIYONA