Maradona: Messi terma jamoadan ketsa, mamlakat uchun katta fojia bo`ladi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Lionel Messi
Добавлено: 28.06.2016, 10:54

Argentina terma jamoasining afsonaviy futbolchilaridan biri Diego Maradona hamyurti Lionel Messining terma jamoadan ketishi haqidagi xabarga o`z munosabatini bildirdi

“Messi mamlakat termasida qolishi qolishi kerak. U jahon chempioni bo`lishi uchun Rossiyaga boradi. Agar Messi Argentina uchun o`ynamasa, bu mamlakat uchun katta fojia bo`ladi”, – dedi Maradona. 

Amerika Kubogi–2016 finalida Argentina penaltilar seriyasida Chiliga imkoniyatni boy berdi. Messi esa mamlakat termasi safida qatorasiga uchinchi finalda mag`lub bo`ldi. Shundan so`ng u termadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27