O`zbekiston milliy termasi Iroq va Yaman bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol
Добавлено: 28.06.2016, 16:04

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi iyul va avgustda bo`ladigan yig`inlar doirasida o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoaning navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvidagi raqibi Iroq terma jamoasi bo`ladi. Iroq bilan o`tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyida Toshkentda yana bir o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish bo`yicha kelishuvga erishgan. 24 avgustda bo`lib o`tadigan ushbu nazorat o`yinidagi raqib — Yaman terma jamoasi bo`ladi. Ushbu o`yin ham “Bunyodkor” stadionida o`tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 3-saralash bosqichi o`yinlarini 1 sentyabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o`yin bilan boshlaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии