Barnaulda 10 oylik bola 3-qavatdan tushib ketdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Bola
Добавлено: 29.06.2016, 15:39

Rossiyaning Barnaul shahrida ko`p qavatli uyning uchinchi qavat derazasidan yosh bola tushib ketdi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Voqea 28 iyun kuni Yurin ko`chasida yuz bergan. Uchinchi qavat derazasidan tushib ketgan 7-10 oylik bolani ko`chadan o`tib ketayotgan yo`lovchi ko`rib qolgan. Bola og`ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Bu vaqtda bolaning otasi ishda bo`lgan, spirtli ichimlik iste`mol qilgan onasi esa uxlab yotgan. Taxminlarga ko`ra, bola deraza tagida joylashgan krovatda uxlagan, uyg`ongach, ochiq derazadan pastga qulagan. Mazkur hodisa yuzasidan, polisiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии