O`zbekiston Prezidenti turk xalqiga hamdardlik maktubini yo`lladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 30.06.2016, 09:47

2016 yilning 29 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdog`anga Istanbul shahridagi xalqaro aeroportda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan maktub yo`lladi.

Mamlakatimiz rahbari Prezidentga va qardosh turk xalqiga samimiy ta`ziya izhor etib, qurbon bo`lganlarning oila a`zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, 29 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportida hudkush terrorchilarning harakatlari oqibatida 36 kishi qurbon bo`ldi, 140 dan ortiq kishi yaralandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии