Psixologlar ilk uchrashuvda noxush kayfiyat uyg`otadigan kiyimlar rangini aniqladi

Бўлимлар: Lady
Теглар:
Добавлено: 30.06.2016, 11:17

Mutaxassislar ilk uchrashuvga otlanayotgan qizlarga qanday rangdagi kiyim yigitlarda iliq taassurot uyg`otishi haqida maslahat beradi, deb xabar beradi “Vesti.ru” nashri.  

Axir Koko Shanel xonim bekorga “Sizga ilk taassurot uyg`otish imkoniyati bir marta beriladi” demagan.

Olimlar ilk uchrashuvda qanday rangli kiyim insonda iliq taassurot uyg`otishi yuzasidan tadqiqot o`tkazganda, mumkin bo`lmagan ranglar orasidan birinchi o`rinni to`q sariq (apelsin) rang egalladi. Bu rang pozitiv va optimistik rang deb hisoblansa-da, boshqa odamda “bahosi past, arzon” degan taassurot qoldirar ekan. Bunga kommunal xizmat va yo`lda ishlovchi xodimlar kiyimini misol qilib keltirish mumkin. 

Ikkinchi mumkin bo`lmagan rang — sariq rangdir. Bu rang yorqin va diqqatni jalb qiladigan rang bo`lishiga qaramay, aksariyat odamlar uni xiyonat va xudbinlik rangi deb qabul qilishar ekan. 

Antireytingimizda uchinchi o`rinni jigarrang egalladi. Psixolog Judi Skot-Kemmisning fikricha, bu rang o`ta rasmiyatchilik va zerikarli rang hisoblanib, romantik munosabatlarga halokatli ta`sir qilar ekan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27