Toshkentning “O`rikzor” bozori hududi issiq suv ostida qoldi (Video va foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Bozor
Добавлено: 30.06.2016, 11:28

Poytaxtimizning “O`rikzor” bozori hududida markaziy issiqlik uzatish quvuri yorilib ketdi. Oqibatda bir nechta avtomobilga jiddiy zarar etdi.

Quvurdagi avariya chorshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yuz berdi, deb yozadi Nuz.uz. Avtoturargoh yonida quvur yorilib ketgan, guvohlarning so`zlariga ko`ra, yorilish shu qadar katta kuch bilan sodir bo`lganki, quvurning bir qismi havoga uchib ketgan hamda avtoturargohda turgan «Jiguli» va «Matiz» avtomobiliga jiddiy zarar etkazgan. 

 

Bundan tashqari quvurdan toshgan issiq suv savdo majmuasining katta qismini suv ostida qoldirdi. 

 

Ayni damda voqea sabablari o`rganilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 


Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanali hamda botiga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии