Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Dunyoning eng yirik olmosini hech kim sotib olmadi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 30.06.2016, 15:23

Sotheby's auksion uyida to`piday keladigan, dunyoning eng yirik, qayta ishlov berilmagan olmosi xaridorini topmadi, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.

Auksion ishtirokchilaridan hech kim uning ilk bahosi bo`lgan 70 million dollarni  berishni ham istamadi. 1109 karat bo`lgan “Lesedi la Rona” olmosi Botsvan shaxtasidan qazib olingan va Kanadaning “Lukara daymond” kompaniyasi tomondan savdoga qo`yilgan. Mamlakatda keng tarqalgan tsvan tilidan tarjima qilinganda olmosning nomi “Bizning yog`du” degan ma`noni anglatadi.

1905 yilda JARdan topilgan “Kullinan” olmosi shu paytgacha topilgan eng yirik olmos deb hisoblanib kelgan. Uning og`irligi 3106,75 karatni tashkil qilgan. Keyinchalik mayda bo`laklarga bo`lingan olmosdan, Britaniya tojini bezashda foydalanilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25