Ronaldu: Portugaliya kutilmagan ishni amalga oshirdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Krishtianu Ronaldu, Futbol
Добавлено: 01.07.2016, 09:49

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Polshaga qarshi (1:1, p.s. 5:3) chorak finalda erishilgan g`alabadan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. 

“Bugun biz haqli ravishda zafar quchdik. Men gol ura olmagan bo`lsam-da, Sanchesh gol urdi. Men esa maydonda bor kuchimni berib harakat qilyapman. Ko`pchilik Portugaliya bu qadar uzoqqa chiqadi deb o`ylamagandi. Ammo biz yarim finaldamiz va raqibimizni kutib o`tiribmiz. 

Penalti bu doim lotoreya. Umuman olganda Portugaliya ancha yaxshi o`ynadi, ko`p vaziyatlarga ega bo`ldi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik”, – dedi Ronaldu. 

Yarim finalda Portugaliya terma jamoasi Fransiya – Islandiya o`yini g`olibi bilan kuch sinashadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08