Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Britaniyalik tadqiqotchilar internet yozishmalaridagi yolg`onni fosh etuvchi algoritmni ishlab chiqishdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Internet

City University London tarkibiga kiruvchi Cass Business School tadqiqotchilar guruhi elektron xat matnidagi yolg`onni aniqlaydigan algoritmni ishlab chiqishdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Tadqiqotchilar turli tilda yozilgan so`zlarning ishlatilishini, intertekstual xabarlarning signallarini o`rganib chiqishdi. Matndagi yolg`onni aniqlashda quyidagi holatlarga e`tibor berish lozim. Masalan, kishilik olmoshi kam ishlatiladi, ortiqcha ta`rif-tavsiflar beriladi. Haddan oshiq xushmuomalalik ham nosamimiylik belgisi hisoblanib, maktub muallifi o`zini yaxshi ko`rsatish uchun o`ta sertakalluf bo`lar ekan. 

Olimlar bu dastur ta`minoti bilan tashkilotlarni turli firibgarlik va moliyaviy yo`qotishlardan asrashni maqsad qilgan. Ular turli kompaniyalarga kim bilan hamkorlik qilish mumkin-u, kim bilan mumkin emasligini aniqlab beradi. Biznesdagi yolg`on jiddiy qonunbuzarliklarga duch kelishga va turli sud jarayonlarini boshdan kechirishga majbur qiladi. Tadqiqotchilarning ma`lumot berishicha, hamkorlarning aldovi tufayli AQSh da tadbirkorlar yiliga 200 milliard dollargacha pullaridan ayrilishadi. 

Tadqiqot mualliflari kompaniyalar ular ishlab chiqqan dasturdan foydalanadigan bo`lsa, yolg`onchilarni fosh etib, tashkilotlarini ortiqcha chiqimdan asrab qolishiga ishonch bildiradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии