Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Ozarbayjonda tezlikni oshirgan Jasur Umirov atrofdagilarni xavotirga soldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Xonanda

Ayni vaqtda Ozarbayjonda bo`lgan xonanda Jasur Umirov Instagram’dagi sahifasida o`zi Maserati avtomobilini boshqarib ketayotgan tasvirlangan videoni e`lon qildi.

Videoda Jasur Umirov va do`stlari avtomobilda ketayotgani, bir vaqt xonanda tezlikni keskin oshirgani va shundan so`ng yonidagi hamrohi tezlikni pasaytirishni iltimos qilganini ko`rish mumkin, deb yozadi “Daryo” nashri.

Avvalroq xonandaning Instagram sahifasida uning davlat raqami Ozarbayjonniki bo`lgan Chevrolet Camaro avtomobili ustida o`tirib tushgan surati e`lon qilingan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram