Neymar jinoyatlarga aloqasi yo`q ekanini ma`lum qildi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol
Добавлено: 05.07.2016, 10:43

“Barselona” klubi hujumchisi Neymar moliyaviy qallobliklar va jinoyatlarga aloqasi yo`q ekanini aytib o`tdi.

– Men hech qanday jinoyat qilganim yo`q. Ammo odamlar ochiq-oydin bo`lgan narsani shubha ostiga olib, qandaydir yangilik qilmoqchi bo`ladi. Ular noto`g`ri ma`lumotga egami, yoki menga yomonlikni istaydim, bilmayman.

Ishonchim komilki, yaqin vaqtlar ichida barchasi ortda qoladi. Maydon tashqarisidagi barcha ishlar bilan otam shug`ullanadi va men unga to`liq ishonaman. Mening omadim kelgan, shunday otam bor va butun e`tiborimni bemalol o`yinga qaratishim mumkin, – deya ma`lum qildi Neymar.

Eslatib o`tamiz, Neymar “Santos”dan “Barselona”ga o`tayotganida moliyaviy firibgarliklar amalga oshgan. Shuningdek, Neymar o`z vatanida soliq to`lamaslikda ham bir necha bor ayblangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08