Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Woy-Wo' internet-to`lovlar portali ishga tushirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Ijtimoiy tarmoqlar

Yagona umumrespublika prosessing markazi Woy-Wo' yagona internet-to`lovlar portalini ishga tushirdi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati.

Portalda bir qancha internet-do`konlari, shuningdek, uyali aloqa, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish mumkin, deb yazadi “Gazeta.uz”. Etkazib beruvchilar ro`yxati hozircha katta emas, ammo uni shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

Ishlab chiquvchilarning qayd etishicha, portal elektron kommersiya ishtirokchilari — xaridorlar va sotuvchilarni bevosita bog`lab, to`lovlarni amalga oshirish bilan bog`liq xarajatlar hamda mahsulot va xizmatlarni sotish vaqtini qisqartirishga imkon tug`diradi.

Portal yoki Uzcard ilovasidan ro`yxatdan o`tganlar Woy-Wo' login va parolidan foydalanishlari mumkin.

Portalning mobil ko`rinishi va mobil ilovasi yaqin vaqtlar ichida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии