Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Curiyada uch kunlik sukunat

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 07.07.2016, 10:32

Suriya armiyasi mamlakat hududida vaqtinchalik harbiy harakatlarni to`xtatganligi haqida e`lon qildi, deb xabar berdi “Euronews” nashri. 

“Osoyishtalik tartibi” 9 iyul kuni yarim tungacha davom etadi. Ammo e`lon matnida  tartib “Islom davlati”, An-Nusra, Al-Qoida terrorchilik guruhlariga etkazilgani haqida ma`lum qilinmagan. Bu Moskva va Vashington ishtirokida Suriyada harbiy harakatlarni to`xtatishga qaratilgan ilk urinish emas, oldingi harakatlarning birortasi ijobiy yakun topmagan. 

O`t ochishni to`xtatish bir tomonlama qaror bo`lib, terrorchilar bosib olgan hududlarda unga amal qilinmagan. Yangi yarashuv Ramazon oyining tugashiga to`g`ri keldi. Suriya prezidenti Bashar Asad yaqinlari bilan urush tufayli zarar etkazilgan markaziy Xoms machitida hayit namozida qatnashdi. 

Shahar aholisining aksariyat qismi so`nggi yillar davomida ilk marotaba Iyd al-Fitr bayramini nishonladi. Bayram sovg`alari, to`kin dasturxon o`tgan yili ular uchun faqatgina orzu edi, xolos. Yarashuv haqidagi e`lon har lahzada buzilishi mumkinligiga qaramay, ular qo`shni shaharlarga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg`alari yuborishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA