Davron Muqimov ota bo`ldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 07.07.2016, 11:16

Shahzodaning ma`muri Davron Muqimovning xonadonida kecha qo`shaloq bayram nishonlandi. U otalik baxtiga muyassar bo`ldi.

“Men bugun dunyodagi eng baxtli insonman!!! Men ota bo`ldim!!! Qizim dunyoga keldi!!! Mening malikam uchun senga rahmat, azizam. Tabrik yo`llaganlarga ham rahmat!”, deb yozadi Davronning o`zi.

Ushbu baxtli hodisa bilan uni xonanda Shahzoda ham tabrikladi.

“Shunday ajoyib kun-ki, mening azizlarim  @davrik va @m_d061214ning xonadonida qizaloq dunyoga keldi. Mitti malikangiz baxtli va sevimli bo`lib ulg`aysin. Hammaga shunaqa kunlar nasib qilsin!”

Fursatdan foydalanib, ijodiy jamoamiz ham Davron Muqimovni bu baxtli kun bilan chin qalbdan tabriklab, chaqaloqqa sog`lik va baxt tilab qoladi!

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

29.06.2017, 14:11
28.06.2017, 15:27