Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Qirg`iziston prezidentining qo`shig`iga klip suratga olindi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 07.07.2016, 15:35

Qirg`iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev yangi qo`shig`iga klip suratga oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.  

U shoir Nikolay Aseevning “Sensiz yasholmayman” nomli she`rini kuyga soldi. 

Klipni Atambaevning do`sti kinorejissyor Furqat Tursunov suratga oldi, unga 1967 yilda "Mosfilm" kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan yaratilgan “Yana muhabbat haqida” filmidan olingan kadrlar ham kiritilgan.

To`g`risini aytganda, Atambaevning yangi qo`shig`i ilgari yaratilgan, bir kunda 100 ming kishi tomosha qilgan “Taqdirga qasdma-qasd” nomli qo`shig`i kabi ommalashmagan.

Qirg`iziston rahbarining matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, keyingi yil prezidentlik muddati tugagandan keyin Almazbek Atambaev ijod bilan mashg`ul bo`lishni niyat qilgan. Hozirda u beshta yangi qo`shiq tayyorlab qo`ygan.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA