Kamchatkada yana vulqon otildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 07.07.2016, 18:34

Kamchatkadagi Klyuchevskoy vulqoni otilib, uning kuli etti kilometrgacha sochildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. \

“Interfaks” ning bergan xabariga ko`ra, vulqondan hosil bo`lgan bulut 50 kilometrgacha yoyilgan va Kamchatka ko`rfazigacha etib borgan. Bu masofada aholi punktlari ham mavjud. Vulqon odamlar yashaydigan hududdan bor-yo`g`i 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Klyuchevskoy vulqoni Evroosiyoning harakatdagi eng baland vulqonlaridan biri bo`lib, uning balandligi 4850 metrni tashkil etadi. Vulqon konusi ilgarigidan yuqori bo`lsa-da, mutaxassislarning fikricha, u yana portlaydigan bo`lsa, hosil bo`lgan qatlam buzilib ketishi mumkin. Klyuchevskiy vulqoni 3 aprelda otilishni boshlagan, bu jarayon bir necha oydan, bir necha yilgacha davom etishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

28.06.2017, 15:27