Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Bastian Shvaynshtayger go`zal tennischi Ana Ivanovich bilan nikohdan o`tdi (Foto)

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol

“Manchester Yunayted” klubining germnaiyalik yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger serbiyalik tennischi Ana Ivanovich bilan nikohdan o`tdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Shvaynshtayger va Ivanovich 2014 yildan buyon yaqin munosabatda bo`lib kelgandi. Endilikda ular o`z munosabatlarini qonunlashtirib oldi. Juftlik kecha, 12-iyul kuni Italiyaning Venesiya shahridagi “Aman” mehmonxonasida nikohdan o`tdi.

To`y marosimi esa shahardagi mashhur restoranlardan birida bo`lib o`tdi. To`yga Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov, futbolchi Tomas Myuller, tennischilar Endi Marrey va Anjelik Kerber kabi sportchilar kelgani aytilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии