Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

“Lokomotiv” futbol klubi Boysun tumanida o`z maktabini ochdi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol

“O`zbekiston Temir yo`llari” aksionerlik jamiyati hamda “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati kelajagimiz bo`lgan yoshlarimizga nafaqat Toshkent shahrida, balki respublikamizning chekka joylarida ham davlat dasturi ijrosini ta`minlash yo`lida keng ko`lamli ishlar olib bormoqda.

Viloyatda yurtimiz sharafini himoya qiladigan munosib futbolchilarni etkazib berish uchun “Lokomotiv” futbol klubi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida o`z futbol maktabini ochdi. 10 iyul kuni yaqinda yosh bolalar uchun foydalanishga topshirilgan “Gaza” o`quv-mashg`ulot mehmonxona kompleksida “Lokomotiv” bolalar-o`smirlar futbol maktabining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Maktabning ochilishida Lokomotiv” bolalar maktabi 2004 va 2006 yillarda tug`ilgan tarbiyalanuvchilari bilan birga tashrif buyurdi va shu erda ta`lim olishni boshlagan o`z tengdoshlariga qarshi bir necha o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdilar.

Yangi ochilgan futbol maktabi o`quvchilari “Lokomotiv” klubi tomonidan ajratilgan sport kiyimlari hamda futbol to`plari bilan ta`minlandi. Shu bilan birga futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari Boysun tumanida joylashgan diqqatga sazovor joylar – “Omonxona” va “Darband” dam olish maskanlarida bo`lib maroqli hordiq chiqardilar. “Lokomotiv” futbol klubi bundan buyon yilda ikki marta bu erda yig`in va musobaqa tashkil etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram