Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Keksa ayol muzeydagi 116 ming dollarlik rasmdagi “krossvord”ni echdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Ayol
Добавлено: 18.07.2016, 15:18

Nyurenberg shahridagi san`at va dizayn Yangi muzeyiga tashrif buyurgan 91 yoshli keksa ayol san`at asarida tasvirlangan krossvordni oddiy krosvord deb o`ylab, uni ruchka yordamida to`ldirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Ayol muzeyga bir guruh ekskursiyachilar bilan birga kelgan. Daniyalik avangardchi rassom Artur Kepkening “So`z yozish” deb nomlangan surati oldida to`xtab, unga ruchka yordamida so`z yozgan. U polisiyachilarga yozgan tushuntirish xatida suratni krossvord deb o`ylab, so`z yozganini ma`lum qilgan. Bu surat 1960 yillarning o`rtalarida chizilgan bo`lib, uning narxi 116 ming dollar deb baholangan. Muzey direktori Esa Krauzening ma`lumot berishicha, etkazilgan zarar qoplanadi.

“Biz ayolga qilgan jinoyatini rassom tabassum bilan qabul qilganligini, xotirjam uxlashi mumkinligini etkazamiz. Polisiya xodimlari ham muzeyga ayolni jazolash uchun emas, balki sug`urta ishlarini rasmiylashtirish uchun keldi”,– deb ma`lumot berdi muzey rahbari.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25