Mishel Obama karaoke shouda Beyonsening qo`shig`ini ijro etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 20.07.2016, 11:50

AQSh prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel britaniyalik qiziqchi Jeyms Kordenning Carpool Karaoke shousida ishtirok etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ko`rsatuv anonsi YouTube kanaliga qo`yilgan.

Ko`rsatuvda Jeyms Korden Oq uy hududiga avtomashinasida kirib keladi, kutilmaganda paydo bo`lgan AQShning birinchi xonimi uning mashinasiga o`tiradi. Ular musiqa haqida suhbatlashishadi, keyin Beyonsening Single Ladies nomli qo`shig`ini birgalikda ijro etishadi.

Carpool Karaoke shousining Mishel Obama ishtirokidagi to`liq talqini 20 iyul kuni CBS kanalida ko`rsatilishi rejalashtirilgan.

Jeyms Korden o`zining Carpool Karaoke nomli kechki shousida avtomobilda mashhur insonlar bilan musiqa haqida suhbatlar olib boradi va birgalikda qo`shiq kuylaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2017, 16:08