Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Alisher Usmonov 600 million dollarlik superyaxtasini onasining sharafiga “Dilbar” deb nomladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 20.07.2016, 14:51

Germaniyaning kemalar qurish bilan shug`ullanadigan Lurssen verfi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning 156 metrli Dilbar superyaxtasining umumiy sig`imi 15 917 tonna kelishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Yacht Harbour nashriga asoslanib Lenta.ru xabar berdi.

Bugungi kunda Dilbar dunyodagi eng keng yaxta sanaladi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni  — Ummon sultoniga tegishli Al Said (15 850 tonn) va Abu-Dabi amirining Azzam (13 136 tonn) yaxtasi egallaydi. Ularning barchasi Lurssen tomonidan qurilgan.

Joriy yilda buyurtmachiga etkazilgan Dilbar yaxtasiga dizel-elektr kuchlanish uskunasi o`rnatilgan, u kemaga soatiga 42 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Yaxtaning narxi oshkor etilmayapti, ammo ekspertlar uni 600 million dollarga baholashdi.

Forbes jurnali talqini bo`yicha Rossiyaning eng boy uch odamidan biri bo`lgan Alisher Usmonovning Dilbar yaxtasidan tashqari 110 metrli Ona superyaxtasi ham bor.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.11.2017, 16:07
16.11.2017, 18:54

Shou-biznes

SUG'DIYONA

18.11.2017, 18:25