Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Turkiyada 3 oyga favqulodda holat tartibi joriy qilindi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Turkiya iyul

Turkiya 3 oy muddatga favqulodda holat tartibini joriy qildi. Bunday qaror davlat to`ntarilishi amalga oshirish harakatidan 5 kun o`tgach qabul qilindi, deya xabar beradi Euronews.

Prezident Rajab Toyib Erdo`g`an Milliy xavfsizlik kengashi hamda Vazirlar mahkamasining qo`shma yig`ilishida mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini e`lon qildi. U bunday choralar konstitusiyaga zid emasligini qayd etdi:

“Favqulodda holatni joriy etishdan maqsad xavfni tez va samarali engish borasida zaruriy choralarni qabul qilish. Yuzaga kelgan ushbu xavf demokratiyamizga, qonun ustuvorligiga, shuningdek fuqarolarimizning huquq va erkinligiga tahdid qiladi.”

Shu kunlarda Turkiyada qo`lga olinganlar, o`z vazifasidan ozod qilinganlar soni 60 000 etdi. Ular orasida – harbiylar, polisiya xodimlari, sudyalar va boshqa davlat xizmatchilari, shuningdek o`qituvchilar ham bor.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии