Долзарб мавзулар E`tirof - 2016

Maradona Argentina termasini tekinga boshqarishga tayyor

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol

Argentina futboli afsonasi va mamlakat terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona avvalgi vazifasini tekinga bajarishga tayyor ekanini bildirdi, deya xabar bermoqda ESPN FC portali.

"Simeone moliyaviy tomonlama terma jamoada ishlashdan bosh tortdi. Menga esa pulning umuman qizig`i yo`q. Shu sababli terma jamoani tekinga boshqarishga tayyorman. Aksariyat mening xizmatlarimni qimmat deb o`ylaydi. Murabbiylikni juda sog`indim. Futbolchilar bilan ishlash va jurnalistlar bilan janjallarni qo`msayapman",  – dedi Maradona.

Ma`lumot uchun, Diego Maradona 2008–2010 yillar davomida Argentina terma jamoasi boshqarib borgan. 2010 yilgi jahon chempionatida u Argentinani chorak finalgacha olib chiqqandi.

 

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Коментарии